Ishonch raqami
+998706137448Ishonch raqami
+998706137448Direktor
Sattarov Mansur Shamilovich
+998994350127
Seshanba
sattarov80.okmkolleji@gmail.com
Toshkent viloyati, Bo`ka tumani 1980 yilda tug`ilgan, ma’lumotim oliy, millati o`zbek. 2002 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti, 2006 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Oilali 3 nafar farzandi bor. 1998-2002 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash injenerlar instituti talabasi 2002-2004 yy. - Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “TIIILRSX M.Sattarov 1981” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi 2004-2006 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti magistratura magistranti 2006-2012 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik kasb-xunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi 2012 y. - h.v. - Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kollej direktori
O`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar hamda tegishli vazirlik Hayʼat qarorlari va buyruqlari, bo`ysunuvida bo`lgan korxona Kengashi qarorlari va buyruqlari, topshiriq va ko`rsatmalarini to`liq va sifatli bajarilishini taʼminlash; belgilangan tartibga ko`ra o`quv va uslubiy metodik jixatdan Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar boshqarmalarining ko`rsatmalarini bajarilishini taʼminlash; kollej faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yo`nalishlarini belgilash va kollejiga yuklangan vazifalar bajarilishini taʼminlash; kollej o`rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o`rtasida vazifalarni taqsimlash, kollejining tarkibiy bo`linma rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini o`rnatish; xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan o`rta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlash; o`quvchilarni tanlangan mutaxassislik bo`yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko`nikma va malakaga hamda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega bo`lgan, intellektual jihatdan yetuk saloxiyatli kadrlar etib tayyorlash; mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion kollej yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish; mehnat qonunchiligi hamda jamoada sog`lom maʼnaviy-ijodiy muhitni shakllantirish bo`yicha faoliyat yuritish; kollejning yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlash, ish rejalarini va o`qituvchilar tomonidan o`quv rejalarining bajarilishini nazorat qilish; qonun hujjatlariga asosan kollej nomidan ish olib borish, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalar berish; kollej tarkibiy bo`linmalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash, o`qituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, tarkibiy bo`linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlashva lavozimdan ozod qilish; kollejning shtat jadvallari va harajatlar smetasini tasdiqlash; o`quvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtirish, o`quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarning qo`llanishiga rahbarlik qilish; vakolat doirasida moliyaviy va xo`jalik masalalarini hal etish, moliyaviy mablag`larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va kollej xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini taʼminlash; xodimlarga mehnat va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, kollej faoliyati bo`yicha hisobotlar tuzish, buyruqlar chiqarish hamda xodimlar vazifalari, majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng fidokorlarini rag`batlantirish, o`z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo`llash; o`quvchilarni qabulini, kursdan kursga o`tishini, tashkilot va muassasalar bilan o`quvchilarning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish, darsliklar va o`quv qo`llanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish; ota-onalar, mahalla, jamoat va homiy tashkilotlari bilan o`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo`yicha hamkorlikni tashkil qilish; o`quvchilarni eng yaxshi milliy anʼanalar, urf-odatlar bo`yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni, vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qilish; kollej faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong`in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishni taʼminlash; davlat hokimiyati, mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari, ish beruvchilar va ish beruvchilarning birlashmalari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda kollej manfaatlarini ifoda etish; direktorga kollejning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob berish vazifalari yuklatiladi.
O`TIBDO`
Karinbayeva Umida Sayfutdinovna
+998942191527
Juma
karinboyeva84.okmkolleji@gmail.com
Toshkent viloyati, Piskent tumani 1984 yilda tug`ilgan, ma’lumotim oliy, millati o`zbek. 2008 yil Toshkent viloyati davlat pedagogika institutini tamomlagan. Oilali 3 nafar farzandi bor. 2001-2008 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 7-umumta’lim maktabida kimyo laboranti, etakchi, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi 2008-2012 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq kon metallurgiya kasb-hunar kolleji ruhshunosi 2012-2014 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq kon metallurgiya kasb-hunar kollejida ona tili va adabiyotfani o‘qituvchisi 2014-2015 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq kon metallurgiya kasb-hunar kolleji direktorini ma’naviy- ma’rifiy ishlari bo‘yicha vaqtincha vazifa bajaruvchi o‘rinbosari 2015-2020 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq kon metallurgiya kasb-hunar kolleji ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2020-2021 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq kon metallurgiya kolleji o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2021 y. - h.v. - Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kolleji o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i, v.v.b O’TIBDO’
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan o`rta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlashni; o`quvchilarni tanlangan mutaxassislik bo`yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko`nikma va malakaga hamda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega bo`lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashni; taʼlim jarayonini o`quv jarayoniga ilg`or standartlarni joriy etishga qaratilgan zamonaviy shakllar va uslublar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishni; o`quvchilarda vatanparvarlik, milliy o`zlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan g`ururlanish va iftixor tuyg`usini shakllantirishni; kollej o`qituvchilari va universitet kafedralarining professor-o`qituvchilari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirish borasida hamkorlik ishlarini tashkillashtirishni; o`quv jarayonini tashkil qilish, taʼlim standartlarida belgilangan o`quv reja va dasturlarning bajarilishini taʼminlash, pedagogik jamoaning o`quv-uslubiy ishlarini boshqarishni; pedagog xodimlarga metodik yordamlarni tashkil qilish, o`qituvchilarning yillik ish rejalarini bajarilishini nazorat qilishni; o`qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o`quv tadbirlarini ishlab chiqishni; kollejda nazorat ishlarini tashkil etish, taʼlim standartlari talablari bajarilishining, o`quvchilarning o`zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakul’tativ mashg`ulotlar va fanlar to`garaklarining ishlashini tashkil qilishni; o`quv xonalarini o`quv qo`llanmalar, adabiyotlar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlashda ko`maklashish, fanlar bo`yicha ochiq dars ishlanmalari, qo`llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamlar tashkil etishni; guruh rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qilish, o`quv ishlari holati va natijalari to`g`risida hisobotlarni tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etishni; o`quvchilarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun tegishli nazorat turlari, shu bilan birga, o`qishni tamomlashda yakuniy davlat attestatsiyasini o`tkazishni; kollejda O`zbekiston mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo`shishga qodir shaxsni tarbiyalash, o`quv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari hamkorlikda ishlarni tashkil etishni; kollej o`quvchilarida taʼlim muassasasi va tanlagan kasbni egallash bo`yicha berilgan imkoniyatlaridan g`ururlanish hissini oshirishga, bilim olish va madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan turli xil tadbirlar tashkil qilishni; yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy anʼanalariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida kollejning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish va doimiy yangilab borishni; kollejning taʼlim va sport to`garaklari, axborot-resurs markazida o`quvchilarning bilim olishi va madaniyati darajasini yuksaltirish bo`yicha doimiy monitoring tizimini yo`lga qo`yishni; kollejda taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida mutaxassisliklari bo`yicha o`quvchilarda tizimli fikrlash, bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, qobiliyatini shakllantirishni; o`qituvchilarning malakalarini oshirish bo`yicha ishlarini tashkil etish, o`quv mashg`ulot jurnallarining yuritilishi va saqlanishini nazorat qilishni; xavfsizlik texnikasi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va o`quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlaydi.
IChTBDO`
Isaqulov Otabek Isaqulovich
+99894-216-20-09
Shanba
isaqulov81.okmkollej@gmail.com
Toshkent viloyati, Bo`ka tumani 1981 yilda tug`ilgan, ma’lumotim oliy, millati o`zbek. 2002 yil Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash injenerlari instituti tamomlagan. Oilali 2 nafar farzandi bor. 2003-2005 yy Toshkent Davlat Agrar universiteti “Pedagogika va o‘qitish uslubiyot” kafedrasiga laboratoriya mudiri .1998-2002 yy Toshkent Davlat Agrar universiteti talabasi. 2007-2021 yy Toshkent viloyati Olmaliq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi. 2021-2022 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kollej maxsus fan o‘qituvchisi. 2022 y. - h.v. Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kolleji ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari
ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyoti jarayonini tashkil etish, professional taʼlimi standartlarida ko`zda tutilgan o`quv rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlashni; katta usta, o`qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tanlash, joy-joyiga qo`yish, ularning malakasini oshirish masalalarini tashkil etishni; ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyoti jarayonini boshqarish, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ilg`or tajribalarini o`rganish va umumlashtirishni; o`quv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar bo`yicha boy ish tajribasiga ega bo`lgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etgan holda o`zaro yaqin hamkorligini taʼminlashni; katta usta, o`qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilishni; xom-ashyo materiallari sarfi hisobini va hisobdan chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish jarayonini boshqarish va talabnomalar portfelini shakllantirishni; ish beruvchilar talab va takliflariga asosan kadrlarga bo`lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo`lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashni; taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o`quv-metodik bazani yaratish va o`quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo`lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borishni; kollej o`quvchilarining kasbiy ko`nikmalarini rivojlantirish, shuningdek qo`shimcha mablag`lar jalb etish maqsadida pullik xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanishni; o`quv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etishni; ishlab chiqarish taʼlim ustalarining yuklamalarini bajarilishini nazorat qilish, o`quv ishlab chiqarish ustaxonalari, o`quv-mashq poligonlari, o`quv xo`jaliklarida mavjud texnik vositalar, jihoz va dastgohlardan to`g`ri va maqsadli foydalanishni taʼminlashni; o`quv jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari, texnologiyalari va ishlanmalarini faol qo`llab, o`qitishning dual tizimi asosida uzluksiz professional taʼlim va ishlab chiqarishning o`zaro hamkorligini taʼminlashni; mehnat muhofazasi talablari, sanitariya-gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga, mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan taʼlim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishni amalga oshiradi.
OLMALIQ KON
METALLURGIYA TEXNIKUMI
Toshklent viloyati Olmaliq shahar Ulug'bek 33 uy
Marshrutlar: 18, 16, 22, 14.
Moljal: 16 qavatli yangi qurilgan xonadonlar va DELISH RESTORANI.