Rahbariyat

Директор

Sattarov Mansur Shamilovich

Номер телефона

+998994350127

Приемные дни

Сешанба

Эл. адрес

sattarov80.okmkolleji@gmail.com

Трудовая деятельность

Тошкент вилояти, Бўка тумани 1980 йилда туғилган, маълумотим олий, миллати ўзбек. 2002 йил Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш инженерлари институти, 2006 йил Тошкент давлат аграр университетини тамомлаган. Оилали 3 нафар фарзанди бор. 1998-2002 йй. - Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалиги механизациялаш инженерлар институти талабаси 2002-2004 йй. - Тошкент вилояти Бўка тумани “ТИИИЛРСХ М.Саттаров 1981” фермер хўжалиги иш бошқарувчиси 2004-2006 йй. - Тошкент давлат аграр университети магистратура магистранти 2006-2012 йй. - Тошкент вилояти Олмалиқ шаҳар қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалик касб-хунар коллежи махсус фан ўқитувчиси 2012 й. - ҳ.в. - Тошкент вилояти Олмалиқ конь-металлургия коллеж директори  

Функция и задача

O`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar hamda tegishli vazirlik Hayʼat qarorlari va buyruqlari, bo`ysunuvida bo`lgan korxona Kengashi qarorlari va buyruqlari, topshiriq va ko`rsatmalarini to`liq va sifatli bajarilishini taʼminlash; belgilangan tartibga ko`ra o`quv va uslubiy metodik jixatdan Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar boshqarmalarining ko`rsatmalarini bajarilishini taʼminlash; kollej faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yo`nalishlarini belgilash va kollejiga yuklangan vazifalar bajarilishini taʼminlash; kollej o`rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o`rtasida vazifalarni taqsimlash, kollejining tarkibiy bo`linma rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini o`rnatish; xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan o`rta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlash; o`quvchilarni tanlangan mutaxassislik bo`yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko`nikma va malakaga hamda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega bo`lgan, intellektual jihatdan yetuk saloxiyatli kadrlar etib tayyorlash; mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion kollej yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish; mehnat qonunchiligi hamda jamoada sog`lom maʼnaviy-ijodiy muhitni shakllantirish bo`yicha faoliyat yuritish; kollejning yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlash, ish rejalarini va o`qituvchilar tomonidan o`quv rejalarining bajarilishini nazorat qilish; qonun hujjatlariga asosan kollej nomidan ish olib borish, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalar berish; kollej tarkibiy bo`linmalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash, o`qituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, tarkibiy bo`linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlashva lavozimdan ozod qilish; kollejning shtat jadvallari va harajatlar smetasini tasdiqlash; o`quvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtirish, o`quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarning qo`llanishiga rahbarlik qilish; vakolat doirasida moliyaviy va xo`jalik masalalarini hal etish, moliyaviy mablag`larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va kollej xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini taʼminlash; xodimlarga mehnat va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, kollej faoliyati bo`yicha hisobotlar tuzish, buyruqlar chiqarish hamda xodimlar vazifalari, majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng fidokorlarini rag`batlantirish, o`z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo`llash; o`quvchilarni qabulini, kursdan kursga o`tishini, tashkilot va muassasalar bilan o`quvchilarning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish, darsliklar va o`quv qo`llanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish; ota-onalar, mahalla, jamoat va homiy tashkilotlari bilan o`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo`yicha hamkorlikni tashkil qilish; o`quvchilarni eng yaxshi milliy anʼanalar, urf-odatlar bo`yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni, vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qilish; kollej faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong`in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishni taʼminlash; davlat hokimiyati, mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari, ish beruvchilar va ish beruvchilarning birlashmalari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda kollej manfaatlarini ifoda etish; direktorga kollejning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob berish vazifalari yuklatiladi.

ОТИБДО

Karinbayeva Umida Sayfutdinovna

Номер телефона

+998942191527

Эл. адрес

karinboyeva84.okmkolleji@gmail.com

Isaqulov Otabek Isaqulovich

Номер телефона

+99894-216-20-09

Эл. адрес

isaqulov81.okmkollej@gmail.com